“So`g`diyona” – “Qizilqum” uchrashuvi bilan Superliganing 4-tur o`yinlariga start berildi. Jizzaxda ikki autsayder o`zaro kuch sinashishdi. “So`g`diyona”dan faqrli o`laroq “Qizilqum”da uch tur yakuniga ko`ra bitta ham ochko yo`q edi, jizzaxliklar esa atigi bir ochkoga ega edi. Uchrashuv shu jihatdan ham shiddatli kechishi oldindan ma`lum edi. Shunday bo`ldi ham.
Navoiyliklarning gruziyalik legioneri Elguja Grigalashvili bugun klub mutasaddilari tomonidan tanlov bejizga bo`lmaganligini isbotladi. Mezbonlar davrozasiga kiritilgan uchala gol ham Elgujaning chinakam mahoratidan darak berardi. Maydon egalari birinchi bo`limda yutuq uchun, ikkinchi bo`limda esa hisobni tenglashtirish uchun qanchalik urinishmasin, buning uddasidan chiqa olmadilar...
“So`g`diyona” – “Qizilqum” - 1:3 (0:0).
29 mart. Jizzax shahri. "So`g`diyona" stadioni. 9380 tomoshabin
Hakamlar: Ahrol Risqullaev (Toshkent), Rishat No``monov (Toshkent), Doniyor Saylavov (Toshkent).
"So`g`diyona": Dilshod Hamroev, Azamat Isroilov (Sardorbek Azimov, 72), Elyor Orifov, Farhod Mirahmatov, Doniyor Odilov (Nurillo To`xtasinov, 67), Shohruz Norxonov, Shohruh Xolmatov, Alisher Ziyovuddinov, Jahongir Abdumo`minov, Tohir Shamsitdinov, Izzatilla Abdullaev (Siroj Meliev, 79).
“Qizilqum”: Erkin Jabborov, Nodirxon Kamolov, Alisher Sanoev (Samandar Shodmonov, 34), Doniyor Usmonov (Humoyun Abdualimov, 79), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo`raev, Elguja Grigalashvili, Mirjalol Qosimov, Nemanya Yovanovich (Akmal Rustamov, 90+1).
Gollar: S.Azimov (88) - Elguja Grigalashvili (46, 85, 87).
Ogohlantirishlar: Jahongir Abdumo`minov (11), Tohirjon Shamsitdinov (27), Farhod Mirahmatov (41) - Doniyor Usmonov (26), Artur Gevorkyan (68).
Nazoratchi - Dmitriy Roman (Toshkent).
Komissar - Bekzod Aripov.