“So`g`diyona” – “Qizilqum” jamoalari uchrashuvini salkam o`n ming muxlis stadiondan kuzatmoqda

 

Ayni paytda Jizzaxda davom etayotgan Superliganing 4-tur doirasidagi “So`g`diyona” va “Qizilqum” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvni 11 ming tomoshabinga mo`ljallangan stadionda o`n minga yaqin (9380) muxlis bevosita stadionning o`zida tomosha qilmoqda.

 

Uch tur yakuniga ko`ra muxlislarning tashrifi taxlil qilinganida avvalgi turlarga nisbatan stadionga keluvchilarning soni ortgani ma`lum bo`lgan edi. Mana, 4-turning dastlabki turidanoq avvalgi turga nisbatan yanada ko`proq muxlis keldi. “So`g`diyona” 2-turda o`z uyida “Neftchi” jamoasini qabul qilganida, chempionatning ochilish marosimi va albatta, ko`ngilochar dasturlar ham tayyorlangan o`yinga 8512 nafar tomoshabin tashrif buyurgan edi. Aksiga olib, o`sha o`yinda maydon egalari durang natija qayd etgandi. O`tgan turda safarda to`p surgan jizzaxliklar “Buxoro”ga yirik hisobda mag`lubiyatga uchragandi. Manashu omillar ham jizzaxlik futbolsevarlarning rayini qaytarmadi, aksincha, sevimli jamoasini har qanday sharoitda ham qo`llab-quvvatlashga undadi.

 

 

 

Birgina “So`g`diyona” misolida o`zbekistonlik futbol ishqibozlarining  futbolga qiziqishi chinakamiga ortganiga, muxlislar stadionga shunchaki vaqt o`tkazish emas, futboldan zavq-shavq olishga shoshayotganligini misollar bilan isbotlasa bo`ladi. Eng e`tiborligi, stadionga oilaviy  kelish ham tobora urfga aylanayotganligini bir qator uchrashuvlarda guvohi bo`ldik.

mib
uzcard
cola
apex
bmb