Ertaga mamlakat milliy chempionat Superligasining 4-tur o`yinlariga start beriladi. Yoshlar ligasi esa bahslarni bugundan boshlashdi.
Jizzaxda “So`g`diyona” jamoasi “Qizilqum”ni qabul qildi. Axliddin Fayzievning o`yin boshlarida va Sardor Jahonovning uchrashuv oxirlarida kiritgan to`plari navoiyliklarga g`alaba olib keldi. Mazkur yutuq “Qizilqum”ni bugungi kun yakuniga ko`ra turnir jadvalining eng yuqorisiga olib chiqdi. “So`g`diyona”da esa aksincha, to`rtinchi turda ham mag`lubiyatli seriyasi davom etdi va jizzaxliklar turnir jadvalining so`nggi pog`onasida borishmoqda.
“So`g`diyona” – “Qizilqum” – 0:2 (0:1).
28 mart. Jizzax shahri. BO`SM maydoni. 103 tomoshabin.
Hakamlar: Farrux Yansupov (Toshkent), Shavkat Fayziev (Jizzax), Shohruh Qayumov (Jizzax).
Gollar: A.Fayziev (5), S.Jahonov (88).
Ogohlantirish: Oybek Nurmatov (57), Nodir Qo`yboqov (80) – Orzu Razzoqov (69).
Nazoratchi – Dmitriy Roman (Toshkent).