Ayni paytda O`FA majlislar zalida Pro-liga va O`zbekiston Kubogi o`yinlariga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tmoqda. Pro-liga o`yinlariga qur`a tashlanib bo`lindi. Unga ko`ra, ikki toifa – A va V guruhlarida olib boriladigan musobaqa 6 aprelda start olib, 27 noyabrga qadar davom etishi belgilandi. Demak,
1-tur, 6 aprel
“A” guruhi
“Sho`rtan” (G`uzor) – “Xorazm” (Urganch)
“Orol” (Nukus) – “Istiqlol” (Farg`ona)
“Andijon” (Andijon) – “Mash`al” (Muborak)
“Norin” (Norin) – “Dinamo” (Samarqand)
“Surxon” (Termiz) jamoasi dam oladi.
“V” guruhi
“Nurafshon” (Toshkent vil) – “Iftixor” (Oltiariq)
“Zomin” (Zomin) – “Labsa” (Buxoro)
“G`ijduvon” (G`ijduvon) – “Lokomotiv-BFK” (Toshkent)
“Yozyovon” (Yozyovon) – “Xotira-79” (Uychi)
“Sherdor” (Samarfqand) dam oladi.
2-tur, 11 aprel
“A” guruhi
“Mash`al” – “Norin”
“Istiqlol” – “Andijon”
“Xorazm” – “Orol”
“Surxon” – “Sho`rtan”
“Dinamo” dam oladi
“V” guruhi
“Lokomotiv-BFK” – “Yozyovon”
“Labsa” – “G`ijduvon”
“Iftixor” – “Zomin”
“Sherdor” – “Nurafshon”
“Xotira-79” dam oladi.
Pro A mintaqaning 2 va 3-o`rnini egallagan klublar, Pro B mintaqaning 2 va 1-o`rin jamoalariga qarshi pley-off o`yinida ishtirok etadi. Juftlik g`oliblari Superliganing 10 va 11-o`rnidan joy olgan klublarga qarshi o`tish o`yinida ishtirok etadi.
Pro B mintaqada 1-2 o`rinni qo`lga kiritgan klublar kelasi mavsumni Pro A mintaqada boshlaydi. Pro A mintaqaning so`nggi ikki klubi esa Pro B mintaqaga tushiriladi.
Pro B mintaqaning so`nggi ikki jamoasi 2-ligaga tushib ketadi. Pro B mintaqada 6 va 7-o`rinni qo`lga kiritgan klublar ligada o`z o`rnini saqlab qolish uchun 2-liganing mintaqaviy g`oliblariga qarshi pulkada qatnashadi.