“Iftixor” tarbiyalanuvchilari Olimpiyachilarimiz bilan uchrashishdi

 

 

O`zbekiston yoshlar ittifoqining “Iftixor” professional futbol klubi marrani baland olgan holda kundan-kunga professionlik sari qadam tashlamoqda. Ayni paytda Pro-ligada muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilgan jamoa bolalar va o`smirlar futboliga jiddiy e`tibor qaratayotgani tizimli ishlar amalga oshirilayotganidan dalolatdir.

 

 

Kecha “Iftixor” jamoasi navbatdagi xayrli tadbirni o`tkazdi.

Ma`lumki, bugun Farg`onadagi “Istiqlol” o`yingohida O`zbekiston va Keniya olimpiya terma jamoalari xalqaro o`rtoqlik uchrashuvida javob uchrashuvini o`tkazishadi. Bu jamoalarning Andijonda tashkillashtirilgan dastlabki o`yinida omad keniyaliklarga kulib boqqandi. Kecha esa bu ikki jamoa o`yin oldi mashg`ulotlarini o`tkazishdi.

 

 

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O`zbekiston olimpiya terma jamoasi mashg`ulotni boshlashdan oldin “Iftixor” futbol maktabining 2004 yilda tug`ilgan yosh futbolchilari bilan uchrashuv tashkil etdi. Xitoyda chempionlikni qo`lga kiritgan o`g`lonlarimiz bilan uyushtirilgan mazkur  uchrashuv  yosh futbolchilar uchun unutilmas voqea bo`ldi, desak mubolag`a bo`lmaydi. O`z o`rnida yosh futbolchilar  O`zbekiston olimpiya terma jamoasiga bo`lajak uchrashuvda omad tiladi.

 

 

Umuman olganda, “Iftixor” jamoasi iste`dodli va salohiyatli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek, joylarda yosh iqtidorli va salohiyatli futbolchilarni tanlab olish (selektsiya) va ularni professional tarzda tayyorlash hamda  milliy terma jamoalar uchun munosib kadrlarni etkazib berish borasida keng ko`lamli ishlarni boshlab yuborgan.

 

 

 

 “Iftixor” jamoasining 2004 va 2006 yilda tug`ilgan tarbiyalanuvchilari ertaga Toshkentda start oladigan “Navro`z Kubogi”da ishtirok etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb