Superliga hakamlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi

 

 

O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlariniyu sifatli boshqarilishini ta`minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Bugun ana shu maqsadda “Bunyodkor” stadionida Superliga hakamlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Yig`ilishda Superliganing 3ta turi davomida hakamlar tomonidan yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi.

 

Yig`ilishda O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar va nazoratchilar bo`limi boshlig`i Ma`mur Saidqosimov, FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA instruktori Farhod Abdullaev yig`ilganlarga hakamlar tomonidan Superliga uchrashuvlarida yo`l qo`yilgan xatolarni namoyish qilib, kelgusi uchrashuvlarda bu kabi xatolarning oldini olish va hakamlik borasida kamchiliklarga yo`l qo`ymaslik borasida amalga oshirilishi kerak bo`lgan zarur chora-tadbirlar haqida so`z yuritishdi.

 

Kunning ikkinchi qismida Superliga hakamlari uchun maydonda turli bahsli vaziyatlar yaratildi. Hakamlar esa bu vaziyatlar bo`yicha qarorlar chiqarishdi. Barcha jarayon videotasvirga olinib, keyin hakamlarga sekinlashtirilgan holda vaziyatlar namoyish qilindi. Har bir hakam qaror chiqarish jarayonida yo`l qo`ygan kamchiliklarini ko`rib, o`zi uchun tegishli xulosalar chiqarib oldi.

 

 

Bu kabi yig`ilishlar mavsum davomida muntazam ravishda o`tkazib borilishi rejalashtirilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb