Superliga taqvimida o`zgarish

 

Superliga 4-tur doirasida o`tkazilishi belgilangan ikkita uchrashuv boshqa kunga ko`chirildi.

 

FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, qolaversa, musobaqa o`tkazish Reglamentida belgilanganidek, klubning uch va undan ortiq futbolchilari terma jamoalarga chaqirilgan taqdirda chempionat uchrashuvini boshqa muddatga ko`chirish imkoniyatiga ega ekanligidan kelib chiqib,  O`zbekiston milliy terma jamoasining Senegal hamda Marokashga qarshi hamda O`zbekiston olimpiya terma jamoasining Keniyaga qarshi o`tkazadigan uchrashuvlari bois, 4-tur doirasidagi bir qator o`yinlar boshqa muddatga ko`chirildi.

 

 

Jumladan, ushbu xalqaro o`rtoqlik uchrashuvlarida terma jamoalarimizning maydonga tushishi mumkin bo`lgan tarkibiga “Lokomotiv” va “Paxtakor” klublarining bir qator futbolchilari jalb etilgani va ular klublari safiga kechroq etib kelishlari bois Superliganing 4-turidagi quyidagi o`yinlar muddatlariga o`zgartirishlar kiritildi. Jumladan, AGMK – “Lokomotiv” uchrashuvi no`malum muddatga qoldirildi. “Paxtakor” – “Neftchi” uchrashuvi 30 martdan 31 martga, “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvi esa 31 martdan 30 martga ko`chirildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb