Superliga: 3-tur statistikasi

 

Superliganing 16 martda boshlangan 3-tur o`yinlari 18 martda nihoyasiga etdi. Ushbu turda mavsumning o`ziga xos rekordlari o`rnatildi. Jumladan, “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuviga 25 300 nafar tomoshabin tashrif buyurib, uchinchi tur yakuniga ko`ra muxlislar yig`ish bo`yicha karvonboshilikka ko`tarilib oldi. Ushbu turda uchrashuvlarni bevosita stadionning o`zida kuzatishni istaganlar soni umumiiy jihatdan 85 mingdan oshdi va bu bo`yicha ham 3-tur avvalgi ikki tur natijalarini ortda qoldirdi...

 

Jami muxlislar soni – 85 209

 

Eng ko`p muxlis tashrif buyurgan uchrashuv: “Navbahor” – “Lokomotiv” – 25 300.

 

 

Eng kam tomoshabin tashrif buyurgan o`yin – “Metallurg” – “Qo`qon-1912” – 5641.

 

Sariq kartochkalar soni - 20ta

 

Eng ko`p sariq kartochka ko`rsatilgan uchrashuv – “Metallurg” – “Qo`qon-1912”, “Neftchi” – “Bunyodkor” hamda  “Navbahor” – “Lokomotiv”  – 5 tadan.

 

Qizil kartochka – 0.

 

Kiritilgan jami gollar – 10ta.

 

Eng ko`p gol kiritilgan uchrashuvlar – “Paxtakor” – AGMK – 2:1, “Qizilqum2 – “Nasaf” – 1:2.

 

Penaltilar – 0.

 

 

To`purarlar jadvalida  to`rt jamoaning besh nafar a`zosi o`rin olgan – Bobur Abduxoliqov va Slavko Lukich (ikkalasi ham “Nasaf”dan), Azizbek Turg`unov (“Navbahor”), Ismoil Gonsalvesh (“Paxtakor”), Yovan Jokich (AGMK).

mib
uzcard
cola
apex
bmb