“Qizilqum” – “Nasaf” o`yini bilan Superliganing 3-turiga yakun yasaldi. Bu o`yindan oldin “Paxtakor” o`z maydonida AGMK jamoasini 2:1 hisobida mag`lub etgandi. Birinchi bo`limda darvozalarga shuncha gol kiritilgan bo`lsa, ikkinchi bo`limda hech kimga darvozani ishg`ol qilish nasib etmadi.
“Qizilqum” ketma-ket uch turda mag`lubiyatga uchragan, birorta ham ochko olmagan yagona jamoaga aylandi. E`tiborli jihati, uchala o`yin ham o`z maydonida bo`lgan. Bu gal navbatdagi kuchli jamoaga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko`rgan navoiyliklar o`yinda tashabbusni butkul raqiblariga berib qo`yishmadi, aksincha, g`alabaga bo`lgan shijoatlari raqiblarnikidan ortiq bo`lsa bordirki, kam emasdi. Biroq mezbonlarning omadi ha deganda kulavermadi. Oxir-oqibat, “Nasaf” niyatiga etdi. Ro`ziqul Berdiev shogirdlarining mazkur yutuqlari ularning 3-turdan keyin chempionat jadvalida peshqadamlikka aylanib olishlarini ta`minladi...
“Paxtakor” – AGMK – 2:1 (2:1).
18 mart. Toshkent shahri. “Paxtakor” markaziy stadioni. 12852 tomoshabin.
Hakamlar: Vladislav Tseytlin (Toshkent), Andrey Snetkov (Toshkent vil.), Sultonmurod Ulfatov (Toshkent vil.).
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A`zamov, Dilshod Rahmatullaev (Azimjon Ahmedov, 85), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh, Bahrom Abdurahimov (Jamshid Iskanderov, 77), Farruh Sayfiev, Marko Simich (Kamoliddin Tojiev, 18), Tiago Bezerra, Rostin Griffits.
AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Hojiakbarov, Dilshod Jo`raev (Vadim Chemirtan, 76), Zafar Polvonov, Shohnazar Norbekov (Abdumalik Abdullaev, 71), Lutfulla To`raev, Vladimir Bubanya, Qahramon Bahodirov (Xurshidbek Muxtorov, 46), Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Javlon Guseynov.
Gollar: Tiago Bezerra (13), Ismoil Gonsalvesh (20-pen.) - Yovan Jokich (42-pen.).
Ogohlantirishlar: L.To`raev (38).
Nazoratchi – M.Ismoilov (Toshkent).
Komissar – B.Namozov (Toshkent).

“Qizilqum” – “Nasaf” – 1:2 (0:1).
18 mart. Navoiy shahri. “Yoshlik” sport majmuasi o`yingohi. 8565 tomoshabin.
Hakamlar: Valentin Kovalenko (Toshkent), Ruslan Serazitdinov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent).
“Qizilqum”: Evgeniy Cheremisin, Erkin Boydullaev, Akmal Rustamov, Alisher Sanoev (Humoyun Abdualimov, 85), Doniyor Usmonov (Samandar Shodmonov, 46), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo`raev, Elguja Grigalashvili, Nemanya Yovanovich (Andrey Sidorov, 66).
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Maqsud Karimov, G`olib G`aybullaev (Slavko Lukich, 46), Azizjon G`aniev, Odiljon Hamrobekov, Bobir Abduxoliqov, Jahongir Aliev (Islom Rashidxonov, 46), Igor Golban, Saydullo Rahmatov, Jasur Hasanov (Islom Kenjaboev, 77), Umarbek Eshmurodov.
Gollar: A.Sidorov (71) - B.Abduxoliqov (13), S.Lukich (67).
Ogohlantirishlar: F.Qambarov (50), A.Rustamov (79) - S.Lukich (63).
Nazoratchi – A.Popov (Toshkent).
Komissar – A.Frolov (Toshkent).