Superliga 1-turiga 80 mingdan ziyod ishqiboz kelgandi. 3-tur bu ko`rsatkichni ortda qoldirdi

 

O`zbekiston Superligasining 3-turi muxlislar tashrifi borasida eng yaxshisi bo`ldi. Mazkur turdan joy olgan 6 ta uchrashuvni jami 85 209 nafar muxlis kuzatib bordi.

Mavsumdagi ilk turni ko`rish uchun stadionlarga 80 570 ishqiboz tashrif buyurgandi. Bunda eng ko`p ishqiboz “Neftchi” — “Nasaf” o`yiniga keldi — 19 632.

2-turda esa tashriflar soni kamaydi — 57 876. Biroq 1 ta o`yin borasidagi ko`rsatkich yaxshilandi hamda “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublari o`rtasidagi Toshkent derbisini 20 168 muxlis stadiondan kuzatdi. Bu ko`rsatkich mazkur ikki klubning o`zaro o`yinlardagi rekord natijasi bo`ldi. Bungacha 2008 yilgi mavsumdagi Toshkent derbisini 18 mingdan ko`proq ishqiboz kuzatib borgandi.

3-turga kelib Superliganing rekordi Namanganda yangilandi. “Navbahor” hamda “Lokomotiv” jamoalari ishtirokidagi o`yinni 25 300 ishqiboz stadiondan kuzatdi. Shu kuni ayrim sektorlarga chiptalar 30 mingdan sotilgan bo`lsa-da, stadion kassalarida birorta ham chipta qolmadi. Shuningdek, Namangandagi stadionga kirish istagida bo`lgan yana minglab muxlislar tribunalardan joy topa olmay, “Navbahor”ni maydon tashqarisida qo`llab turdi.

Natijada 3-turda umumiy ko`rsatkich yanada yaxshilandi. Undan joy olgan 6 ta uchrashuvni ko`rish uchun jami 85 209 ishqiboz stadionga keldi.

                                              Natijalar  Tomoshabinlar

«Metallurg» – «Qo`qon-1912»       1:0             5 641

«Buxoro» -  «So`g`diyona»               3:0             14 800

«Neftchi – «Bunyodkor»                    0:1             18 051

«Navbahor» – «Lokomotiv»         2:0             25 300

«Paxtakor» – AGMK                     2:1             12 852

«Qizilqum»  – «Nasaf»                1:2             8 565

Jami 3-turga stadionlarga tushgan muxlislar soni: - 85 209 nafar.

mib
uzcard
cola
apex
bmb