Superliga 3-tur doirasidagi ikkinchi kungi o`yinlar shiddati boshqalardan kam bo`lmadi. Har ikkala uchrashuvda aksariyat bashoratchilarning bashoratlari o`zini oqlamaganligi bor gap. Aytaylik, “Neftchi”ni o`z maydonida “Bunyodkor” ustidan zafar quchishiga ko`pchilik ishongandi. Natija esa buning aksi bo`ldi. Garchi jamoalar teng kuch bilan harakat qilgan bo`lsalarda, omad mehmonlarga kulib boqdi – Mirjalol Qosimov shogirdlari safardan uch ochko bilan ortga qaytishdi.
Ikkinchi o`yin nafaqat namamanganliklarning, balki respublikamizning boshqa hududlari muxlislarining ham diqqat markazida bo`ldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Bu yilgi mavsumga har qachongidan-da boshqacha tarzda, jiddiy maqsadlarni ko`zlagan holda tayyorgarlik ko`rgan “Navbahor” jamoasi mavsum oldidan futbolchilarni tanishtirish marosimini ham, mavsumning ochilish tadbirini ham yuqori saviyada tashkil eta bildi. Ochilish marosimida O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti, O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umidjon Ahmadjonov so`z olib, viloyatda futbolni rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilganligi, viloyat futbolini yanada yuksaklarga ko`tarish bo`yicha yana keng ko`lamli ishlar qilinayotganligiga urg`u berib, har ikkala jamoaga ham omadlar tiladi. O`z o`rnida viloyat hokimi, viloyat futbol federatsiyasi rahbari Xayrullo Bozorov O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi rahbariyatiga futboldagi islohotlar, amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha minnatdorlik bildirdi. Viloyat hokimi 2018 yilni Namanganda “Futbol yuksalishi yili”, deb e`lon qildi.
Ko`tarinki ruhda boshlangan futbol tadbiri yakunda ham shu holatini saqlab qoldi. 25 mingdan ziyod tomoshabinni bag`riga sig`dirgan stadionda futbolchilar viloyatdoshlarining qo`llab-quvvatlashlaridan kuch olib, amaldagi chempionni mag`lub etishning uddasidan chiqishdi...
++Neftchi” – “Bunyodkor” – 0:1 (0:0).
17 mart. Farg`ona shahri. “Istiqlol” stadioni. 18051 tomoshabin.
Hakamlar: I.Tantashev (Buxoro), A.Kalinin (Qarshi), A.Burov (Buxoro), Sh.Nasibullaev (Namangan).
"Neftchi": Vitaliy Mirniy, Iskandar Shoyqulov, Shukurali Po`latov, Sunnatilla Ermatov (Anvar Berdiev, 81), Jalil Kimsanov, Abbosbek Maxstaliev, Abdul Aziz Yusupov, Husniddin G`ofurov (Abdurahmon Abdulhaqov, 46), Alisher Samatov (Abdujamol Isroilov, 30), Avaz Agaliev Dostonbek Tursunov
"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov, Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo`jaev, Mirg`iyos Sulaymonov, Xurshid G`iyosov (Islomjon Qobilov, 90+5), Mirjamol Qosimov (Davronbek Umirov, 55), Filip Raevats (Shahzodbek Nurmatov, 68).
Gol: Xurshid G`iyosov (53).
Ogohlantirishlar: H.G`ofurov (30), D.Tursunov (70), A.Abdulhaqov (88) - D.Umirov (60), Sh.Nurmatov (85),
Nazoratchi – S.Ermatov (Toshkent).
Komissar – Sh.Rajabov (Toshkent).

“Navbahor” – “Lokomotiv” - 2:0 (1:0).
17 mart. Namangan shahri. “Navbahor” stadioni. 25300 tomoshabin.
Hakamlar: Zokir Qodirov (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy), Obid Jumaev (Navoiy), Akmal Rahimov (Andijon).
"Navbahor": Botirali Ergashev, Oston O`runov (Azamat Allaniyozov, 79), Ayubxon No``monov, Azizbek Turg`unboev, Nenad Inyats (Dilshod Jabborov, 65), Mirzohid G`ofurov, A`zamjon Aliev (Zohir Pirimov, 90+2), Davronbek Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich, Darko Stanoevich.
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Islom To`xtaxo`jaev, Sanjar Shoahmedov (Husniddin G`ofurov, 69), Sardor Rashidov (Nevaldo, 53), Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev.
Gollar: T.Payovich (23), A.Turg`unboev (49-pen.).
Ogohlantirishlar: D.Hoshimov (61), J.Mehmonov (90+3) - K.Maxaradze (13), I.To`xtaxo`jaev (82), Nevaldo (90+2).
Nazoratchi – A.Arutyunov (Toshkent).
Komissar – M.Saidqosimov.

