Yoshlar ligasi: Mezbonlar ustunlik qilishdi

 

Kecha Yoshlar ligasining 3-tur doirasidagi so`nggi ikki o`yin o`tkazildi.

Ikkalasida ham mezbonlar ustunlik qilishdi. Navoiyda “Nasaf” jamoasini qabul qilgan “Qizilqum” yoshlari kuchli raqiblariga qarshi ishonchli harakat qilishdi va yakunda g`alaba qozonishdi. Ikkinchi juftlikda “Paxtakor” Olmaliqning AGMK jamoasiga mezbonlik qildi. Yosh “sherlar” birinchi bo`limdayoq raqiblar darvozasini to`rt bor nishonga olishib, o`yin taqdirini hal etib bo`lishgandi. Ikkinchi bo`limda esa darvozalarga bitta ham to`p kiritilmadi...

 

 

 “Qizilqum” – “Nasaf” – 2:0 (0:0).

17 mart. Navoiy shahri. “Kimyogar” stadioni. 453 tomoshabin.

Hakamlar: Shuhrat Rajabov (Buxoro), Akmal Sultonov (Navoiy), G`anisher Samandarov (Navoiy).

Gollar: Axliddin Fayziev (67), Abbos Rustamov (90+3).

Ogohlantirish: Sardor Jahonov (33), Suhrob Yarashev (72) – Sardor Sa`dullaev (43).

Nazoratchi – Aleksandr Popov (Toshkent).

 

 

 “Paxtakor” –AGMK – 4:0 (4:0).

17 mart. Qibray tumani. “Qibray” sport majmuasi o`yingohi. 84 tomoshabin.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov (Toshkent), Avazbek Abdullaev (Toshkent), Jamoliddin Najmiddinov (Toshkent).

Gollar: Shohruh Maxmudxojiev (15, 26), Asadbek Sobirjonov (23), Sobit Sindorov (36).

Ogohlantirish: Kamron Saida`zimov (19)  - Shaxboz Umarov (11), Sanjar Rixsiboev (39), Sardor Abdunabiev (85).

 

Nazoratchi – Marat Ismoilov (Toshkent).

mib
uzcard
cola
apex
bmb