Superliga: “Metallurg” ikki durangdan keyin g`alaba qozondi

 

Kecha Superliga 3-tur doirasidagi dastlabki ikki o`yin o`tkazildi. “Metallurg” o`z maydonida “Qo`qon-1912” jamoasini qabul qildi. Mavsum boshidagi ikki o`yinda durang qayd etgan bekobodliklar nihoyat uchinchi turga kelib Suhrob Nurulloevning goli evaziga g`alaba qozonishdi.

 

Buxorodagi o`yin ham qizg`in kechdi. “So`g`diyona”ni qabul qilgan buxoroliklar yirik hisobda zafar quchishdi. Bu o`yinda ham dastlabki daqiqadayoq darvozaga to`p kiritildi – jizzaxlik Akmal Xolmurodov kutilmaganda o`z darvozasini ishg`ol etib qo`ydi. Bu esa mezbonlarga qo`l keldi, shiddatni yanada kuchaytirishdi. Natijada ikkinchi bo`limda yana ikki bor hisobni o`zgartirishga erishishdi...

 

 

3-tur

“Metallurg” – “Qo`qon-1912” - 1:0 (1:0).

16 mart. Bekobod shahri. “Metallurg” markaziy stadioni. 5641 tomoshabin.

Hakamlar: V.Agishev (Toshkent), T.Galeev (Toshkent), A.Sidorov (Toshkent), B.Yulcharaev (Guliston).

«Metallurg»: Zafar Safoev, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurollaev (Javohir Sohibov, 75), Shahzod Shaymanov, Zabixillo O`rinboev, Islom Isoqjonov,  Jasur Hasanov, Akbar Ismatullaev, Muhammad Isaev, Abror Husinov (Dilyor Ermatov, 65), Zafar To`raev (Pavel Smolyachenko, 85).

«Qo`qon-1912»: O`tkir Yusupov, G`iyos Komilov, Nosir Otaqo`ziev, Javohir Siddiqov, Quvondiq Ro`ziev (Bahodir Pardaev, 71), Suhrob Berdiev, Murod Holmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov (Jamshid Hasanov, 86), Darko Gojkovich, Marko Milich, Muhammadanas Hasanov (Milan Spremo, 46).

Gol: S.Nurulloev (2).

Ogohlantirishlar: I.Isoqjonov (86), P.Smolyachenko (90+1) – Q.Ro`ziev (26), M.Spremo (83), J.Hasanov (88).

Nazoratchi – I.Nexochin (Namangan).

Komissar: R.Chernikov (Toshkent).

 

 “Buxoro” – “So`g`diyona” - 3:0 (1:0).

16 mart. Buxoro shahri. “Buxoro” sport majmuasi o`yingohi. 14800 tomoshabin.

Hakamlar: O.To`ychiboev (Farg`ona), R.Kapadze (Farg`ona), Sh.A`zamov (Farg`ona), K.Rasulov (Qarshi).

"Buxoro": Asilbek Omonov, Artyom Filiposyan, Bobur Omonov, Marko Klisura, San`at Shixov, Salamat Qutiboev, Shavkat Salomov, Javohir Qahramonov (Ergash Ismoilov, 62), Arslanmurot Amonov, Shahboz Erkinov (Aziz Ibragimov, 70), Bahodir Nasimov (Nozim Umurov, 88)

"So`g`diyona": Dilshod Hamroev, Elyor Orifov, Farhod Mirahmatov, Sardor Azimov (Azamat Isroilov, 89), Shohruz Norxonov, Alisher Ziyovuddinov, Iqbol Malikjonov (Izzatilla Abdullaev, 46), Akmal Xolmurodov, Jahongir Abdumo`minov, Tohir Shamsitdinov, Nurillo To`xtasinov.

Gollar: B.Nasimov (54), E.Ismoilov (90) – A.Xolmurodov (3, o`z darvozasiga).

Ogohlantirish: Aziz Ibragimov (72).

Nazoratchi – A.Xotamov (Toshkent).

 

Komissar – L.Qo`chqorov (Toshkent).

mib
uzcard
cola
apex
bmb