Pro-liga: “Iftixor” futbolchilari normativ topshirishdi

 

 

Xabaringiz bor, bundan keyin Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

 

Futbolchilar topshiradigan test-sinovlari O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

 

 

Bugun O`zbekiston Yoshlar Ittifoqining “Iftixor” jamoasi futbolchilari “Istiqlol” stadionida jismoniy tayyorgarlik holati bo`yicha ilmiy guruh vakili Shamil Iseev boshchiligidagi nazorat sinovidan o`tdilar. Futbolchilar 4 yo`nalishda (30 metrga yugurish, joyidan uzunlikka sakrash, 7x50m va "Yo Yo" test) normativ shartlarini bajarishdi. Shuningdek, darvozabonlar to`pni qo`l hamda oyoq bilan uzoq masofaga etkazish bo`yicha sinovdan o`tkazildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb