Yoshlar ligasi: Bugun ikkita o`yin, ikkalasida ham mezbonlar g`olib

 

Superliga qoshidagi Yoshlar ligasida bugun yana ikkita o`yin o`tkazildi. “Navbahor” o`z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qilib, kichik hisob bo`lsada uch ochkoni qo`lga kiritdi. Xuddi shunday “manzara” Farg`onada ham qayd etildi – mezbonlar “Bunyodkor” jamoasi ustidan muvaffaqiyat qozondi...

 

3-tur

“Neftchi” – “Bunyodkor” – 1:0 (0:0).

16 mart. Farg`ona shahri. “Neftchi” sport klubi maydoni. 1506 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev (Namangan), Javohir Hakimov (Farg`ona), Murodjon Vahobov (Marg`ilon).

Gol: Xurshidbek Asqaraliev (68).

Ogohlantirishlar: Elyor Mamasoliev (7), Jamshid Qobulov (17), Xurshidbek Asqaraliev (85) – Burxon Usmonov (5).

Nazoratchi – Sayfiddin Ermatov (Toshkent).

 

“Navbahor” – “Lokomotiv” – 1:0 (1:0).

16 mart. Uychi tumani. “Paxtakor” stadioni. 172 tomoshabin.

Hakamlar: Akmaljon Rahimov (Andijon), Islomjon Nosirov (Namangan), Maksim Nexochin (Namangan).

Gol: Bexruz Sa`dullaev (37).

Ogohlantirishlar: Rustam Hamroev (72), Asadbek Islomov (84, ikklasi ham “Lokomotiv”dan).

Chetlatish: Asadbek Islomov (90+4, “Lokomotiv”, ikkinchi ogohlantirish).

 

Nazoratchi – Artem Arutyunov (Toshkent).

mib
uzcard
cola
apex
bmb