Yangicha talqindagi Reglamentda ko`p o`zgarishlar qayd etilgan. Shulardan biri Superliga va Pro-liga klublari qoshidagi futbol Akademiyalari va futbol maktablari tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi Respublika birinchiligidir.
Bu yil ilk bor 14, 16 va 18 yoshlilar o`rtasidagi musobaqa Respublika miqyosida tashkillashtirilmoqda. Hatto 10 yoshli bolalar o`rtasidagi rasmiy musobaqa Festival sifatida o`tkazilishi ham rejalashtirilgan.
U-16 va U-18 yoshdagi o`smirlar birinchiligida Superliga klublari qoshidagi futbol Akademiyalari tarbiyalanuvchilari to`p surishadi. Aprel oyining o`rtalarida start olib, to noyabr oyigacha davom etadigan musobaqada 12ta jamoa uy-safar tizimida ikki davraviy bahslarda qatnashishadi.
U-16 yoshdagilar o`rtasidagi o`yinlar Pro-liga klublarining futbol maktablari tarbiyalanuvchilari o`rtasida ham tashkillashtiriladi. Turnir ikki bosqichdan iborat bo`ladi. Birinchi bosqich o`yinlari mintaqaviy tarzda tashkil etiladi, ikkinchi final bosqichi esa markazlashgan holda uyushtiriladi. Final bosqichi manzili keyinroq ma`lum bo`ladi. Birinchilik aprel oyi o`rtalarida boshlanadi va noyabrgacha davom etadi.
U-14 yoshdagi o`smirlar birinchiligida Super liganing 12, Pro-liganing esa 14 (“Paxtakor-2” va “Bunyodkor-2” jamoalari qo`shilmagan), jami 26ta jamoa g`oliblik uchun kurashadi. Bu musobaqa ham ikki bosqichdan iborat - mintaqaviy hamda final bosqichi. Aprel-noyabr oylariga belgilangan.
U-10 yoshdagi bolalar turnir Festival sifatida o`tkaziladi. Super liganing Akademiyalari va Pro-liga futbol maktablari o`rtasidagi turnirda natijalar hisobga olinmaydi...