Bugun Buxoro va Bekobod shaharlarida Yoshlar ligasining 3-tur o`yinlariga start berildi. O`z maydonida “So`g`diyona”ni qabul qilgan “Buxoro” raqiblarini mag`lub etishning uddasidan chiqdi. Ikkinchi o`yinda “Metallurg” “Qo`qon-1912”ni qabul qildi va mazkur uchrashuvda ham mezbonlar g`alaba qozonishdi. Birinchi bo`limda Toshqo`ziev av Sattorov tomonidan kiritilgan gollar evaziga bekobodliklar uch ochkoni qo`lga kiritishdi.
3-tur
“BUXORO” – “SO`G`DIYoNA” – 3:1 (1:1).
15 mart. Buxoro shahri. “Umid” o`yingohi. 534 tomoshabin.
Hakamlar: Komiljon Rasulov (Qarshi), Bobir Qodirov (Buxoro), Abdurahmon Qo`ldoshev (Buxoro).
Gollar: Ergash Ismoilov (43), Mirfayz Muhitdinov (51-pen.), Bexruz Zaynitdinov (81) – Siroj Meliev (45+1).
Amalga oshirilmagan penalti: Siroj Meliev (45+1, “So`g`diyona”).
Ogohlantirishlar: Baxtiyor Bozorov (48) – Doniyor Odilov (69), Ruslan Melziddinov (84).
Nazoratchi – Arslon Xotamov (Toshkent).
“METALLURG” – “QO`QON-1912” – 2:0 (2:0).
15 mart. Bekobod shahri. “Metallurg” stadioni. 212 tomoshabin.
Hakamlar: Baxtiyor Yulcharaev (Guliston), Ilhom Abdulaqov (Toshkent vil.), Husniddin O`rolov (Toshkent vil.).
Gollar: Abror Toshqo`ziev (38), Xudoyshukur Sattorov (45+2).
Ogohlantirishlar: Muhammadjon Sultonov (28), Sarvar Sattorov (55), Husniddin Salaydinov (80), Mahmudjon Norqo`ziev (80), Jamshid Yusupov (81) – Saveliy Abramov (25), Islom Abdullaev (28), Dostonbek Meliqo`ziev (73), Ibrohim Usmonov (89).
Nazoratchi – Igor Nexochin (Namangan).