
Qarshining “Nasaf” jamoasi OChL guruh bosqichining 4-turida safarda yirik hisobda yutqazib qo`ydi. Jahonga mashhur futbolchi Xavi to`p surayotgan Qatarning “Al Sadd” klubiga qarshi maydonga tushgan qarshiliklar o`z darvozalaridan javobsiz to`rtta to`p o`tkazib yuborishdi.
Ushbu jamoalarning Qarshida kechgan dastlabki o`yinida Ro`ziqul Berdiev shogirdlari ajoyib xatti-harakatlari, qolaversa muxlislarining daldasi evaziga raqiblarini mag`lub etishning uddasidan chiqqandilar, Dohada esa buning aksi bo`ldi...
“Al Sadd” (Qatar) – “Nasaf” - 4:0.
Doxa. “Jassim Bin Hamad” stadioni.
Hakamlar: Ahmad Al Kaff, Abubakr Alamri, Rashid Al Gayti (barchasi Ummondan).
“Al Sadd”: Saad Alshiyb, Pedro Migel, Hamrun Jugurta, Xavi (Hasan Al Haydos, 60), Bag`dod Bunedja, Hamid Ismoil, Abdulkarim Hasan, Bualim Xoki, Salim Ali Alxajri, Ahmad Suhayil (Yosir Abubakr, 81), Akrom Afif (Ali Asadalla, 74).
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Azizjon G`aniev, Odiljon Hamrobekov, Bobir Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Jahongir Aliev, 66), Slavko Lukich, Dragan Cheran (Islom Kenjaboev, 21), Jasur Hasanov (Sanjar Rashidov, 78), Umarbek Eshmurodov.
Gollar: Xavi (3), Abdulkarim Hasan (15),Bag`dod Bunedja (43), Jugurta Hamrun (70).
Ogohlantirish: J.Hasanov (45).
Nazoratchi - Viktor Kolpakov (Qirg`iziston).
Komissar - Abdulg`affor Abdulhamad (Maldiv orollari).