Superliga klublarining barcha stadionlarida oilaviy sektorlar tashkil etildi

 

 

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi Prezidenti, O`FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan O`zbekistondagi sport inshootlarida oilaviy sektorlar tashkil etilishi haqida xabar bergan edik. Bungacha Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida mana shunday oilaviy sektorlar mavjud bo`lib, stadionga o`z oilasi bilan tashrif buyuradigan muxlislar o`yinlarini 10 sektordagi 100 ta o`rindiqda tomosha qilish imkoniyatiga ega edi.

Oradan ikki-uch kun muddat o`tdi. Superliganing barcha klublari o`z o`yinini o`tkazadigan stadionlarida qulaylik darajasi bo`yicha maxsus joylar ajratib, oilaviy sektorlarni tashkil etdi. Misol uchun,

 

 

 

“Bunyodkor” stadionining 4E (775ta) va 2A (750ta) sektorlaridan jami 1525ta o`rindiq ajratildi. “So`g`diyona”da 10-sektordan 370ta, “Buxoro”da 2-sektordan 160ta, “Neftchi”da 32-sektordan 590ta, “Paxtakor”da 30-sektordan 840ta, “Metallurg”da 14-15 sektorlardan 1245ta, “Qo`qon-1912”da 5-sektordan 150ta, “Qizilqum”da  A1sektordan 150ta, “Nasaf”da 3-sektordan 800ta, “Navbahor”da 18-sektordan 1078ta, AGMKda 4-sektordan 1208ta joy ajratildi.

 

 

Mamlakatimizda bunday sektorlar eng avvalo futbol o`yinlari o`tkaziladigan stadionlarda joriy qilindi. Keyinchalik esa boshqa sport majmualarida, xususan, usti yopiq inshootlarda ham musobaqalarni maxsus sektorlarda kuzatish imkoniyatini yaratish borasida amaliy ishlarga kirishildi. U erlarda ham sport tadbirlarini oilaviy tomosha qilish, madaniy hordiq chiqarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb