Pro-liga: “Iftixor” Superligani ko`zlaydi

 

 

 

 O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, “Iftixor” futbol klubi prezidenti Qahramon Quronboev jamoa qarorgohi joylashgan Oltiariq tumaniga tashrif buyurib, “Iftixor” futbol klubining stadioni va bazasi, tumanning so`lim go`shasida klub tomonidan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan sport-sog`lomlashtirish bazasi bilan tanishdi.  Shuningdek,  klub qarorgohida “Iftixor” futbolchi va murabbiylari bilan uchrashib, yaqindan suhbatlashdi.

 

- Yurtimizda sportga, xususan, futbolga katta e`tibor qaratilayotgani bejiz emas. Boisi mamlakatimizda millionlar o`yiniga ishqiboz bo`lganlar soni juda bisyor va ularning  ko`pchiligini yoshlar tashkil etadi, - deb gap boshladi O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi.  – Mana, bir necha oy oldin O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida oltin medalni qo`lga kiritib, tarixiy voqeani qayd etdi. Chempionlarimizning aholimiz tomonidan kutib olish jarayonlarini kuzatib shu narsaga amin bo`ldimki, jannatmakon diyorimizda futbolga qiziquvchilar nihoyatda ko`p ekan. Shuning uchun O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi qoshida “Iftixor” futbol jamoasini tashkil etishga qaror qildik. Ochig`ini aytish kerak, sizlardan umidimiz katta. Shu davrga qadar Yoshlar Ittifoqi qoshida futbol jamoasi tashkil etilmagandi. Biz birinchi bo`lib bunga qo`l urdik. Sizlar, O`zbekiston yoshlari, nimalarga qodir ekanligingizni natija bilan ko`rsatishlaringiz lozim. Zero, yurtboshimizning o`zlari Siz kabi yoshlarga qarata "Marrani baland oling, ertangi kun Siz kabi yoshlarniki", deya chorlamoqdalar. Bu chorlovga sizlar  mehnatlaring bilan javob berishlaringga ishonaman. Biz o`z oldimizga hamisha yuqori maqsadlarni qo`yib kelganmiz. Bu safar ham shunday bo`ladi. Nasib qilsa, “Iftixor” jamoasi keyingi yili Superligada ishtirok etishi darkor. Sizlarga bu borada omad tilayman.

 

 

Uchrashuv chog`ida Qahramon Quronboev futbolchilarga zarur bo`ladigan barcha sharoitlar yaratib berilishini alohida ta`kidlab o`tdi.

 

 

“Iftixor” klubi matbuot xizmati

mib
uzcard
cola
apex
bmb