Superliga: 2-tur statistikasi

 

8, 9 va 10 mart kunlari mamlakatimizning olti shahrida milliy chempionat Superligasining 2-tur o`yinlari bo`lib o`tdi. Mazkur turda ikki tur yakuniga ko`ra stadionga muxlislar tashrifi bo`yicha “Bunyodkor” stadioni peshqadamlikka ko`tarilib oldi – “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvni 20168 nafar tomoshabin bevosita stadionning o`zida kuzatishdi. Olti uchrashuvning ikkitasida darvozalar tomon penalti belgilandi – Navoiyda maydon egalariga qarshi kechgan uchrashuvda qo`qonliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi, to`plarning birini Murod Xolmuhammedov penaltidan kiritgan bo`lsa, “Bunyodkor” – “Paxtakor” o`yinining so`nggi daqqiqalarida mezbonlar darvozasi tomon belgilangan o`n bir metrlik jarima to`pini tepishda Jasur Hakimov xatoga yo`l qo`ydi. “Lokomotiv” – “Metallurg” uchrashuvida sakkiz nafar futbolchiga sariq kartochka ko`rsatildi...

 

Quyida 2-turning umumiy statistikasi bilan tanishing:

 

Jami muxlislar soni – 57 876

 

Eng ko`p muxlis tashrif buyurgan uchrashuv: “Bunyodkor” – “Paxtakor” – 20168.

 

Eng kam tomoshabin tashrif buyurgan o`yin – “Lokomotiv” – “Metallurg” – 3188.

 

Sariq kartochkalar soni - 23ta

 

Eng ko`p sariq kartochka ko`rsatilgan uchrashuv – “Lokomotiv” – “Metallurg” – 8ta.

 

Qizil kartochka – 3ta

 

Kiritilgan jami gollar – 12ta.

 

Eng ko`p gol kiritilgan uchrashuv – “Nasaf” – “Buxoro”-  1:3

 

 

Penaltilar – 2ta (1tasi amalga oshirilmadi).

mib
uzcard
cola
apex
bmb