zirgina “Bunyodkor” stadionida Toshkent derbisi nomini olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” jamoalari o`rtasidagi chempionatning 2-tur doirasidagi so`nggi uchrashuvi yakuniga etdi.
O`yin boshdan oyoq qiziqarli bahslarga, shiddatli hujumlarga boy bo`ldi. Teng kurashlar ostida o`tgan uchrashuvda omad maydon egalariga kulib boqdi. Olimpiya terma jamoamizning etakchilaridan biri Rustam Ashurmatov 78-daqiqada raqib darvozasini nishonga oldi va jamoadoshlarini hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol o`yin oxirigacha saqlanib qoldi.


“Bunyodkor” – “Paxtakor” - 1:0 (0:0).
Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 20186 tomoshabin.
Hakamlar: Sh.Qosimov (Toshkent), S.Shoyusupov (Toshkent), O.Abduvasilov (Toshkent), I.Xudaydatov (Toshkent).
"Bunyodkor": Murod Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov, Murodjon Toshmatov, Sanjar Qodirqulov (Davron Umirov, 46), Mirg`iyos Sulaymonov, Xurshid G`iyosov (Islom Qobilov, 84), Mirjamol Qosimov (Sardor Sobirxo`jaev, 59).
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A`zamov, Dilshod Rahmatullaev (Azimjon Ahmedov, 81), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh (Jasur Hakimov, 77), Bahrom Abdurahimov (Jasur Yaxshiboev, 69), Farruh Sayfiev, Marko Simich, Tiago Bezerra, Rostin Griffits.
Gol: R.Ashurmatov (79).
Ogohlantirish: Javlon Ibrohimov (90+3), Rustam Ashurmatov (90+3).
Amalga oshirilmagan penalti: Jasur Hakimov (90+3).
Nazoratchi – R.Serazitdinov.
Komissar – M.Saidqosimov.