Superliga 2-turining “Nasaf” – “Buxoro” jamoalari uchrashuvi yakuniga etdi. Hisobni ochish mehmonlarga nasib etgan bo`lsa-da, matonatli o`yin namoyish etgan maydon egalari yakunda baribir g`alaba qozonishning uddasidan chiqishdi.
O`yinning 18-daqiqasidayoq San`at Shixov hisobni ochgandi, biroq mezbonlar Azizjon G`anievning goli hisobiga birinchi bo`limni mag`lubiyatsiz yakunlashdi. Ikkinchi bo`lim boshlanib, futbolchilar hali maydondagi o`rinlarini egallab ulgurmasidanoq Bobur Abduxoliqov gol urib, jamoadoshlarini hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvga qo`shib berilgan vaqtning so`nggi soniyalarida Slavko Lukich hisobni yanada yiriklashtirishga ulgurdi...
“Nasaf” – “Buxoro” - 3:1 (1:1).
Qarshi shahri. “Markaziy” stadion. Tomoshabinlar 10386.
Hakamlar: Viktor Serazitdinov (Toshkent), Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Akbar Po`latov (Toshkent).
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Azizjon G`aniev (Islom Kenjaboev, 83), Sanjar Rashidov (Odiljon Hamrobekov, 46), Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Maqsud Karimov, 69), Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Jasur Hasanov, Umarbek Eshmurodov.
“Buxoro”: Asilbek Omonov, Arslonmurot Omonov (Javohir Qahramonov, 75), Salamat Qutiboev (Aziz Ibragimov 63), Shavkat Salomov, San`at Shixov, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Shahboz Erkinov (Bahodir Nasimov, 46), Rabbimjon Hasanov, Rahmatullo Berdimurodov, Sergey Rusetskiy.
Gollar: A.G`aniev (35), B.Abduxoliqov (46), Slavko Lukich (90+4) - S.Shixov (18).
Ogohlantirishlar: S.Rashidov (43), Slavko Lukich (65) – A.Filiposyan (77), A.Omonov (83).
Nazoratchi - Rashid Aytekov (Toshkent).
Komissar - Roman Chernikov.