“Nasaf” akademiyasi tarbiyalanuvchilari Qatardagi musobaqada ishtirok etishadi

 

Xabaringiz bor, o`tgan yilning 17 oktyabr kuni O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniyning taklifiga ko`ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, Qatar futboli mansabdor shaxslari bilan uchrashgandi.

 

Qatarda bo`lib o`tgan uchrashuv chog`ida tomonlar O`zbekiston va Qatar futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish yo`lida memorandum imzolagandilar. Shuningdek, Umid Ahmadjonov Qatardagi dunyoga mashhur “Aspire” akademiyasiga tashrif buyurib, u erdagi sharoitlar bilan tanishgan holda, O`zbekistonda ham ana shu tajribani yo`lga qo`yish borasidagi hamkorlik masalasida kelishuvga erishgandi.

 

Qatarning dunyoga mashhur “Aspire” jamoasi Osiyoning eng yaxshi akademiyalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkil etayotgan musobaqaga, ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalari o`rtasidagi memorandumga asosan O`zbekistondan ham futbolchilarni taklif etdi.

 

Mazkur musobaqada 2000, 2001 va 2003 yilda tavallud topgan yosh futbolchilar ishtirok etishadi. O`zbekistondan mazkur musobaqada Qarshining “Nasaf” klubi akademiyasi vakillari ishtirok etishadi. Xabaringiz bor, “Nasaf” akademiyasi 2017 yil yakuniga ko`ra O`zbekistonning eng yaxshi akademiyasi sifatida e`tirof etilgandi. Musobaqa joriy yilning 1-5 aprel kunlari o`tkaziladi.

 

 

Har bir yosh toifasida 16 nafardan futbolchini musobaqaga olib borish mumkin. Akademiya tarbiyalanuvchilarining Qatardagi musobaqaga borish-kelish xarajatlarining barchasi Qatar futbol Assotsiatsiyasi tomonidan qoplanadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb