Superliga: «Qo`qon-1912» Navoiyda zafar quchdi

 

2-turning ikkinchi o`yinida «Qizilqum» o`z maydonida «Qo`qon-1912» jamoasini qabul qildi va 0:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi. Bunga qaysidir ma`noda Mirjalol Qosimovning maydondan chetlatilganligi ham omil bo`ldi. 57-daqiqada maydon markazida raqibga nisbatan qo`pollik ishlatgan Mirjalol Qosimov ikkinchi bor ogohlantirildi va maydondan chetlatildi. 78-daqiqada Akmal Rustamov jarima maydonchasi ichida Javohir Siddiqovga nisbatan o`yin qoidasin buzdi.  Penaltini Murod Xolmuhammedov aniq bajarib, hisobni ochdi. O`n daqiqa o`tar-o`tmay Suhrob Berdiev yaqin burchakka aniq zarba yo`llab, hisobni o`zgartirdi - 0:2…

 

“Qizilqum” – "Qo`qon-1912" - 0:2 (0:0).

8 mart. Navoiy. «Yoshlik» sport majmuasi. 7302 tomoshabin.

 

 

Hakamlar: R.Ermatov (Toshkent), A.Rasulov (Toshkent), J.Saidov (Toshkent),  D.Jalimov (Toshkent vil.).

 

“Qizilqum”: Evgeniy Cheremisin,  Erkin Boydullaev, Akmal Rustamov, Alisher Sanoev (Samandar Shodmonov, 42), Doniyor Usmonov, Fayzulla Qambarov, Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo`raev, Elguja Grigalashvili, Mirjalol Qosimov, Nemanya Yovanovich.

"Qo`qon-1912": O`tkir Yusupov, G`iyos Komilov, Nosir Otaqo`ziev (Igor Taran, 80), Javohir Siddiqov, Bahodir Pardaev (Quvondiq Ro`ziev, 66), Suhrob Berdiev, Murod Holmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Darko Gojkovich,  Marko Milich, Muhammadanas Hasanov (Milan Spremo, 84).

 

Gollar: M.Xolmuhammedov (78-pen.), S.Berdiev (88).

Ogohlantirishlar: M.Qosimov (16), A.Rustamov (77) - Marko Milich (82).

Chetlatish: M.Qosimov (57, ikkinchi ogoxlantirish).

Nazoratchi – B.Tog`aev.

Komissar – B.Namozov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb