Superliga: AGMK o`z maydonida «Navbahor»dan engildi

 

Superliganing 1-turi qanday shiddatli, qiziqarli bahslarga boy o`tgan bo`lsa, ikkinchisi ham shunday boshlandi. Olmaliq shahrida «Navbahor» jamoasini qabul qilgan AGMK kutilmaganda raqiblariga imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Birinchi bo`limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo`limda esa darvozalar uch bor ishg`ol etildi. Shundan bittasi «Navbahor» darvozasiga, ikkitasi esa maydon egalari darvozasiga kiritildi. Avvaliga Aziz Turg`unboev namanganliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada Zafar Polvonov hisobni tenglashtirgan edi, biroq o`yinga qo`shib berilgan besh daqiqa o`tib borayotgan bir paytda Dilshod Jabborov gol urib, «Navbahor» uchun muhim bo`lgan g`alabani ta`minladi…

AGMK – “Navbahor”-  1:2. 8320 tomoshabin.

Hakamlar: A.Risqullaev (Toshkent), A.Tsapenko (Toshkent vil.), T.Gaynullin (Toshkent), A.Ergashev (Toshkent).

AGMK: Roman Abdulov, Abduqahhor Xojiakbarov (Qahramon Bahodirov, 60), Xurshidbek Muxtorov, Muzaffar Muzaffarov (Otabek Zokirov, 59), Shoxnazar Norbekov (Zafar Polvonov, 81), Lutfulla To`raev, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Vadim Chemirtan.

"Navbahor": Botirali Ergashev, Oston O`runov, Ayubxon No``monov, Azizbek Turg`unboev, Nenad Inyats (Azamat Allaniyozov, 86), Mirzohid G`ofurov, A`zam Aliev (Dilshod Jabborov, 85), Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Tomislav Payovich, Darko Stanoevich.

Gollar: Z.Polvonov (82) – A.Turg`unboev (50), D.Jabborov (90+2).

Ogohlantirishlar: Darko Stanoevich (43).

Nazoratchi – K.Smirnov.

Komissar – A.Frolov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb