
Superliga o`yinlari 1 martda boshlangan edi, Pro-ligaga esa 25 martda start beriladi. 30-31 martda futzal, 1 aprelda esa ayollar chempionati o`z musobaqalarini boshlaydi. O`zbekiston Kubogi bahslari mavsumning so`nggi turniri sifatida 15 aprelda start oladi. Bunda 20ta jamoa bahslarga kirishadi. Bular,
15 aprel (yakshanba)
“Istiqlol” – “Neftchi”
“G`ijduvon” – “Qizilqum”
“Orol” – “Metallurg”
“Lokomotiv-BFK” – “Navbahor”
“Dinamo” – “Surxon”
“Zomin” – “So`g`diyona”
“Yozyovon” – AGMK
“Andijon” – “Buxoro”
16 aprel (dushanba)
“Iftixor” – “Qo`qon-1912”
“Mash`al” – “Xorazm”.
Taqvimda o`nta juftlik ko`rsatilmoqda. Qur`aga ko`ra esa, “Sho`rtan” va “Norin” jamoalari birinchi bosqichdan o`yinlarsiz o`tgan va 1/8 finalga yo`llanma olgan. Yana to`rt jamoa – “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Nasaf” va “Bunyodkor” o`tgan mavsum yakunlaridagi natijalariga binoan bu yilgi bahslarni nimchorak finaldan boshlashi belgilangan.
Shunday qilib, qur`a natijalariga ko`ra jamoalar quyidagi taqvim ostida maydonga tushishadi va 1/8 final ishtirokchilarini aniqlashadi:
1.“Istiqlol”-“Neftchi” juftligi g`olibi “Lokomotiv” bilan;
2.“G`ijduvon” – “Qizilqum” juftligi g`olibi “Orol”-“Metallurg” juftligi g`olibi bilan;
3.“Lokomotiv-BFK”- “Navbahor” juftligi g`olibi “Dinamo”-“Surxon” juftligi g`olibi bilan;
4.“Iftixor” – “Qo`qon-1912” juftligi g`olibi “Paxtakor” bilan;
5.“Bunyodkor” – “Sho`rtan”
6.”Zomin”-“So`g`diyona” juftligi g`olibi “Mash`al”-“Xorazm” juftligi g`olibi bilan;
7.”Yozyovon”-AGMK juftligi g`olibi “Andijon”-“Buxoro” juftligi g`olibi bilan;
8.”Norin” – “Nasaf”.
1/16 final o`yinlari bir uchrashuvdan iborat bo`ladi va Pro-liga jamoalari maydonida o`tkaziladi.