Pro-liga: "Istiqlol" xorijda tayyorgarlik ko`rmoqda

 

 

Farg`onaning “Istiqlol” jamoasi "Pro-liga" baxslariga qizg`in tayyorgarlik ko`rish maqsadida qo`shni Qirg`iztonning O`sh shahrida tashkil etilgan «Sulaymon too Kubogi» turnirida ishtirok etmoqda.

Sakkizta jamoa ikki guruhga bo`lingan holda musobaqalashayotgan turnirda farg`onaliklar “A” guruhida mamlakat oliy ligasining “Akademiya” (O`sh), hamda birinchi liga vakillari “Qizil mehnat” (O`sh) va “Jalolobod” (Jalolobd) jamoalariga qarshi maydonga tushmoqda. “V” guruhini esa oliy liganing “Neftchi” (Qo`chqor Ota), birinchi liganing “O`sh”, “Lining”, “Shaxtyor” (barchasi O`sh shahridan) jamoalari tashkil etgan.

 

“Iftixor” kecha “Jalolobod” jamoasin  yirik – 12:0 hisobida mag`lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi. To`plarni S.Asqaraliev, E.Akbarov, T.Tolipov, R.Ayvazov (ikkitadan), A.Xojimirzaev, A.Sultonov, T.Sultonov, O.Isroilov kiritishdi.

Hamyurtlarimiz navbatdagi o`yinni bugun Qirg`iziston chempionati oliy ligasi vakili “Akademiya”ga qarshi o`tkazishadi. Guruhdagi so`nggi uchrashuv esa ertaga, “Qizil mehnat” jamoasiga qarshi belgilangan.

 

 

Guruhlarda birinchi va ikkinchi o`rinni egallagan jamoalar yarim finalga yo`llanma olishadi, uchinchi va to`rtinchi o`rindagi jamoalar ham o`zaro kuch sinashishadi. Final uchrashuvi 10 mart kuniga rejalashtirilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb