Superliga klublari akademiyalari va bolalar maktablari mutaxassislari Yaponiya jo`nab ketishdi

 

 

Xabaringiz bor, o`tgan yilning noyabr oyida O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti va O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio shahrida Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuv o`tkazib, ikki mamlakat Futbol Assotsiyatsiyalari o`rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo`yicha kelishuvga erishilgandi.

 

Ushbu kelishuv asosida O`FA va YaFA terma jamoalari murabbiylari o`rtasida tajriba almashish, shuningdek, ikki davlat futboli murabbiylari va tibbiyot xodimlari uchun o`quv seminarlari tashkil etish, futbol akademiyasi murabbiylari va boshqaruv xodimlari o`rtasida bilim va tajribalarni almashish, bolalar futboli bo`yicha murabbiylik kurslarini tashkil etish borasidagi ishlarni yo`lga qo`yish ko`zda tutilgandi.

 

Memorandumga javoban shu yilning 8-12 fevral kunlari Yaponiyada O`zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan klublarning marketing bo`yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi. Seminar davomida Jey-liga mutaxassislari tomonidan milliy chempionatimiz klublari marketing mutaxassislari uchun nazariy va amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi. Shuningdek, marketing bo`yicha mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma`lumot olishdi.

 

Shu yilning 5 mart kuni mamlakatimizda bolalar futboli bo`yicha faoliyat olib borayotgan futbol Akademiyalari va futbol maktablari mutaxassislari, malakali bolalar murabbiylarining bir guruhi Yaponiyaga jo`nab ketishdi.

 

Maqsad, yurtimizda bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo`yicha Yaponiya taraqqiyot modelini va tajribasini O`zbekistonda tatbiq qilish, yurtimizdagi bolalar musobaqalari va futbol tadbirlarida selektsiya ishlarini takomillashtirishda Yaponiya mamlakati tizimidan foydalanishdan iborat.

 

Mazkur safar bilan bog`liq masalalar bo`yicha Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasida maxsus ishchi guruh tuzildi. Assotsiatsiyaning xalqaro aloqalar bo`limi mutaxassisi, o`zbekistonliklar delegatsiyasiga mas`ul xodim Tomo Sugiyama o`zbekistonliklarning Yaponiyadagi tashrifi dasturini ishlab chiqdi.

 

 

Unga ko`ra, delegatsiyamiz a`zolari 7 mart kuni Jey-Liga uchrashuvlaridan birini tomosha qilishadi, 8 mart kuni esa yaponiyalik malakali mutaxassislar semminarlarida ishtirok etishadi. Shuningdek, Yaponiya U-14, U-15 va U-18 terma jamoalari mashg`ulotlarini kuzatib, 10 martda seminarda qatnashishadi hamda Jey-Liga o`yinlari uchrashuvlarini tomosha qilishadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb