OChL: “Nasaf” “Al Saad”ni mag`lub etdi

OChL uchinchi turida Qarshining "Nasaf" klubi o`z maydonida Qatarning "Al Saad" klubini qabul qildi va kichik hisobda g`alaba qozondi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan boshlab ustunlikni qo`lga olgan "Nasaf" gol urish uchun ko`plab vaziyatlar yaratganiga qaramay, birinchi taymda raqib darvozasiga gol ura olmadi. Ikkinchi taymda ham ustunlikni ushlab turgan "Nasaf", uchrashuvning 62-daqiqasida hisobni ochdi. Aziz G`aniev penaltidan unumli foydalanib o`z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida raqibiga nisbatan ancha faol o`ynagan "Nasaf" yakunda kichik hisobda g`alaba qozondi va o`z ochkolari sonini 6taga etkazib, turnir jadvalidagi o`rnini ancha yaxshilab oldi.

OChL, 3-tur.

“Nasaf” (O`zbekiston) – “Al Sadd” (Qatar) - 1:0

Gol: A. G`aniev (62, penalti)

Bosh hakam: Iida Jumpei (Yaponiya)

Qanot hakamlari: Ochi Shinji (Yaponiya), Karakami Satoshi (Yaponiya)

To`rtinchi hakam: Alibek Sapaev (Turkmaniston)

Nazoratchi: Husayn Milajerdi Askari (Eron)

Komissar: Lee Sang Von (Janubiy Koreya)

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G`aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 20.Islom Kenjaboev, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov, 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 5.G`olib G`aybullaev, 8.Sanjar Rashidov, 14.Sharof Muhitdinov, 21.Jahongir Aliev, 30.Xudoyorxon Sagdullaev.

“Al Sadd”: 1.Saad Alshiyb, 2.Pedro Miguel, 3.Yosir Abubakr Iso, 5. Hamroun Jugurtha, 11.Bag`dod Baunedjax, 12.Xamid Ismoil, 14.Abdukarim Hasan (s),

16.Bualim Xoki, 20.Salim Ali Alxajri, 37.Axmad Suhail, 96.Akram Afif.

Zaxira: 22.Meshal Barsham, 4.Axmad Badir, 7.Musab Xidir, 8.Ali Asad, 10.Hasan Alhaydus, 17.Hasan Axmad,  99.Ali Freydon.

mib
uzcard
cola
apex
bmb