Superliga: 1-tur statistikasi

Superliga 1-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

Ta`ikdlash lozim, ushbu mavsumdan boshlab Superliga uchrashuvlari yangicha formatda tashkil etildi. Turnir formati, ko`rinishi yangilandi. Bu islohotlar avvalo, muxlislar uchun qulaylik tug`dirish, ularni yana stadionlarga jalb qilish uchun amalga oshirilmoqda.

Superliga mavsumi 1-turida deyarli barcha stadionlarga juda ko`plab ishqibozlar tashrif buyurishdi va sevimli jamoalarini uchrashuvda qo`llab-quvvatlashdi. Ilk turdayoq, muxlislar uchun stadionlarda bayram va ko`ngilochar dasturlar tashkil etilganini e`tirof etish lozim.

Quyida, Superliga, 1-turining umumiy statistikasi bilan tanishish mumkin.

Jami muxlislar soni – 80570

Eng ko`p muxlis tashrif buyurgan uchrashuv: “Neftchi” – “Nasaf” – 19632 tomoshabin.

Eng kam tomoshabin tashrif buyurgan o`yin – “Metallurg” – “Navbahor” – 8175.

Sariq kartochkalar soni - 19ta

Eng ko`p sariq kartochka ko`rsatilgan uchrashuv – “Nasaf” – “Neftchi” – 6ta.

Qizil kartochka – ko`rsatilmagan

Kiritilgan jami gollar – 8ta.

Eng ko`p gol kiritilgan uchrashuv – “Qizilqum” – “Lokomotiv” 0:3

Superliga ilk goli muallifi – Marat Bikmaev

mib
uzcard
cola
apex
bmb