“Qo`qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvi Navoiyga ko`chirildi

Joriy yil 8 mart kuni soat 20:00 da Superliga 2-tur o`yinlari doirasida “Qo`qon-1912” – “Qizilqum”  o`rtasidagi uchrashuv “Qo`qon-1912” stadionida  o`tkazilishi ko`zda tutilgan edi.  

Yangi mavsum oldidan “Qo`qon-1912” stadioni O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining amaliy ko`magi bilan to`liq ta`mirlandi.   Lekin stadion maydonining chimlari fevral oyida ob-havoning sovuq kelganligi sababli etarli darajada o`sib etilmadi. 

 Shu sababdan "Qo`qon-1912" jamoasi O`zbekiston Professional Futbol Ligasiga mazkur uchrashuvni “Qizilqum” futbol klubining stadionida o`tkazilishiga ruxsat berilishini so`rab murojaat qildi.  PFL ushbu murojaatni qondirdi va 2-tur doirasidagi uchrashuv Navoiy shahriga ko`chirildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb