Superliga uchrashuvlariga muxlislar oilaviy tashrif buyurishmoqda

O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining yurtimizda futbolni rivojlantirish, uni yuqori bosqichga olib chiqish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Ushbu sa`y-harakatlardan asosiy maqsad muxlislarni yana stadionlarga qaytarish, futbol uchrashuvlarini tomosha qilish uchun oilaviy tarzda muxlislar tashrifini ta`minlash ekanligi ko`p bor ta`kidlanmoqda.

Superliganing 1-turidanoq muxlislar stadionlarga qaytayotgani yurtimizdagi futbol ishqibozlari katta futbolni sog`inishgani, futbolni rivojlantirish yo`lida olib borilayotgan islohotlarga ular ham xayrixoh ekanliklarini ko`rsatadi.

Jumladan, bugun bo`lib o`tgan “Bunyodkor” – AGMK uchrashuvida stadionga muxlislar o`zlarining jajji farzandlari, turmush o`rtoqlari bilan kelganliklarini ko`rish mumkin.

Asosiysi, o`zbek futbol muxlislari ham stadionda haqiqiy muxlislik qilish madaniyatini namoyish qilib berishayotgani quvonarlidir.

Muxlislarni stadionlarga chorlab qolamiz!

mib
uzcard
cola
apex
bmb