Superliga: “Paxtakor” “So`g`diyona”ni 2:0 hisobida engdi

 

“Paxtakor” Superliganing o`z maydonidagi dastlabki o`yinini o`tkazdi va g`alaba qozondi. “So`g`diyona”ga qarshi kechgan uchrashuvda maydon egalari Sherzod A`zamov hamda Ismoil Gonsalveshning gollari evaziga yutuqqa erishdi.

Mavsumning ilk o`yini bo`lgani uchun ochilish marosimi bayramona tashkillashtirildi. O`yin oldidan xonandalarning yoqimli kuy-qo`shiqlari, tanaffus paytida ijtimoiy aktsiya o`yinlari o`yinlari o`tkazildi. Kecha Farg`onada bo`lgani kabi “Paxtakor” stadionida ham to`pni ramziy ma`noda o`yinga kiritish uchun o`zbek futbolining faxriysi Birodar Abduraimov taklif etildi...  

 

“Paxtakor”–“So`g`diyona”–2:0 (0:0). 15026 tomoshabin.

Hakamlar: T.To`xtasinov (Andijon), A.Marajabov (Andijon), Z.Abdurahmonov (Andijon), A.Najafaliev (Toshkent).

 

 “Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A`zamov, Marko Simich, Farruh Sayfiev, Rostin Griffits, Tiago Bezerra (Jasurbek Yaxshiboev, 86), Jaloliddin Masharipov (Doston Ibrohimov, 90), Bahrom Abdurahimov, Jamshid Iskanderov (Dilshod Rahmatullaev, 46), Ismoil Gonsalvesh.

 

"So`g`diyona": Dilshod Hamroev, Akmal Xolmurodov, Elyor Orifov, Tohir Shamsitdinov (Sardor Qulmatov, 58), Dilmurod Karimov, Jahongir Abdumo`minov, Alisher Ziyovuddinov, Doniyor Hasanov (Iqbol Malikjonov, 66), Sardor Azimov, Azamat Isroilov (Izzatilla Abdullaev, 81), Shohruz Norxonov.

Gollar: Sh.A`zamov (50), I.Gonsalvesh (81-pen.).

Ogohlantirishlar: M.Simich (43), R.Griffits (78) – D.Hasanov (57).

Nazoratchi: F.Abdullaev (Toshkent).

Komissar: Sh.Rajabov.

Yoshlar - 3:1 (H.Alijonov, 27, B.G`anijonov, 29, Erkinov, 64 – J.O`rinov, 42)

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb