Superliga: Farg`onada kuchlar teng keldi

 

 

Birinchi turning ikkinchi o`yini Farg`onada o`tkazildi. Mezbonlar mavsumning ochilish uchrashuvini ko`tarinki saviyada tashkil qilishdi.

 

 

 

Bayram dasturi barchaga manzur bo`ldi.

 

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti, O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umidjon Ahmadjonov ham Farg`onaga tashrif buyurib, barcha muxlislarni yangi mavsum boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.

 

O`yinni esa ramziy ma`noda o`zbek futboli faxriysi Birodar Abduraimov to`pni maydon markazidan o`yinga kiritib, ochib berdi.

Uchrashuv kutilganidek shiddatli, keskin o`tdi. Har ikkala jamoa tomonidan xavfli vaziyatlarga boy bo`ldi. Ammo hisob ochilmadi.

“Neftchi” – “Nasaf” – 0:0. 19632 tomoshabin.

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Jasur Muxtorov (Toshkent).

 

Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, Iskandar Shoyqulov, Shukurali Po`latov, Jalil Kimsanov, Abbosbek Maxstaliev (Anvar Berdiev, 76),  Abdul Aziz Yusupov, Husniddin G`ofurov, Abdujamol Isroilov, Vyacheslav Sushkin (Abdurahmon Abdulxaqov, 46), Avaz Agaliev (Elyor Mamasoliev, 62), Dostonbek Tursunov.

 “Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Maqsud Karimov,  Azizjon G`aniev, Sanjar Rashidov (Odiljon Hamrobekov, 63), Bobir Abduxoliqov, Doniyorjon Narzullaev (Islom Kenjaboev, 13, Sharof Muhitdinov, 89), Igor Golban, Islom Rashidxonov, Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Jasur Hasanov.

Ogohlantirishlar:  Sh.Po`latov (29), A.Agaliev (34), E.Mamasoliev (85) – A.G`aniev (26), S.Rahmatov (75), O.Hamrobekov (85).

Nazoratchi: Arslon Xotamov (Toshkent)

Komissar: A.Frolov.

 

Yoshlar – 1:2 (Otabek Axmadjonov, 25 - Sherzod Temirov, 3, Akmal Mozgovoy, 90+1).

mib
uzcard
cola
apex
bmb