Navoiyda Superliga-2018ning dastlabki o`yini bo`lib o`tdi. Kuchli yomg`ir yog`ishiga qaramay deyarli stadionni to`ldirib o`tirgan tomoshabinlar qiziqarli, murosasiz uchrashuvning guvohiga aylanishdi.
Birinchi bo`lim teng kurashlar ostida, gol urishda esa “temiryo`lchilar”ning omadi keldi – Marat Bikmaev darvozabon bilan yakkama-yakka chiqqan holda nafaqat o`xining, jamoadoshlarining, mavsumning, balki yangi nom ostidagi Superliganing ilk goliga mualliflik qildi.
Ikkinchi bo`limda mezbonlar faollikni oshirmoqchi bo`lishdi, biroq kuchli tarkib hamda xalqaro o`yin tajribasi baribir “Lokomotiv”ga “yon bosdi”.
“Qizilqum” – “Lokomotiv” - 0:3 (0:1). 13448 tomoshabin.
Hakamlar: A.Asimov (Toshkent), A.Kalinin (Qarshi), A.Burov (Buxoro), F.Norsafarov (Qarshi).
"Qizilqum": Evgeniy Cheremisin, Erkin Boydullaev, Griorgi Kvesieshvili, Nodirxon Kamolov (Akmal Rustamov, 46), Doniyor Usmonov (Samandar Shodmonov, 46), Fayzullo Qambarov, Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo`raev, Elguja Grigalashvili, Mirjalol Qosimov (Alisher Yusupov, 71), Nemanya Yovanovich.
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev (Cho Suk Jay, 84), Sardor Mirzaev, Husniddin G`ofurov (Diyor Turopov, 71), Islom To`xtaxo`jaev, Sanjar Shoahmedov (Bobur Yo`ldoshev, 79), Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev.
Gollar: M.Bikmaev (32), I.Aliboev (58), S.Mirzaev (90).
Ogohlantirishlar:M.Qosimov (31), A.Rustamov (74) – S.Mirzaev (40).
Nazoratchi: M.Ismoilov (Toshkent).
Komissar: L.Qo`chqorov.
Yoshlar - 2:1 (H.Abdualimov 24, 79 – I.Bikmaykin, 80)