1-tur doirasidagi “Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvida qanot hakami vazifasini bajaruvchi T.Gaynulin va A.Tsapenko o`rniga R.No``monov hamda D.Saylavov almashtirildi. Sababi, mazkur uchrashuv 2 martga belgilangan vaqtda unda xizmat qiluvchi hakamlar guruhi e`lon qilingandi. O`yin bekobodliklarning iltimosiga ko`ra 2 martdan 4 martga ko`chirildi. T.Gaynulin va A.Tsapenko esa 4 mart kuni ertalab Malayziyada tashkillashtiriladigan hakamlar seminarida ishtirok etish uchun jo`nab ketishlari lozim. Shu munosabat bilan Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hakamlar almashtirildi.
“Metallurg” – “Navbahor”
Hakamlar: V.Serazitdinov (Toshkent), R.No``monov (Toshkent), D.Saylavov (Toshkent), R.Lutfulin (Toshkent).
Nazoratchi: B.Tog`aev (Toshkent).