
O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida tashkillashtirilgan qur`a tashlash marosimida Pro-liga, ayollar va futzal chempionatlariga qur`a tashlangach, tadbir so`ngida O`zbekiston Kubogining dastlabki bosqichida kimlar ishtirok etish masalasiga ham oydinlik kiritildi.
Kubok o`yinlari qur`asiga binoan musobaqaning dastlabki bosqichida 20 ta jamoa bahsga kirishadi, umuman, Kubok o`yinlarida jami 26ta klub ishtirok etadi. “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari musobaqani 1/8 final bosqichidan boshlashadi. Birinchi bosqichda superliganing 8ta va PRO-liganing 14ta klubi qatnashadi.
“Bunyodkor-2” va “Paxtakor-2” klublari musobaqada ishtirok etishmaydi.
1/16 final. 15-16 aprel
“Istiqlol” – “Neftchi”
“G`ijduvon” - “Qizilqum”
“Orol” - “Metallurg”
“Lokomotiv-BFK” - “Navbahor”
“Dinamo” – “Surxon”
“Iftixor” - “Qo`qon-1912”
“Sho`rtan” to`g`ridan to`g`ri 1/8 finalga chiqdi
“Zomin” - “So`g`diyona”
“Mash`al” – “Xorazm”
“Yozyovon” – AGMK
“Andijon” – “Buxoro”
“Norin” to`g`ridan to`g`ri 1/8 finalga chiqdi