“Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvi 4 martga ko`chirildi

 

 

“Metallurg” PFK prezidenti, “O`zbekiston” metallurgiya kombinati Hissadorlik  jamiyati  Bosh direktori  A.Xursanovning ko`p millatli Bekobod shahri aholisi nomidan O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti U.Ahmadjonov nomiga yozilgan rasmiy xatiga binoan milliy chempionat Superligasining “Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvi oldindan belgilangan 2 mart sanasidan 4 mart sanasiga ko`chirildi.

 

Bunda, metallurglar shahri – Bekobod ahlining ishdan bo`sh paytdagi asosiy dam olish maskani, hordiq chiqarish manzili “Metallurg” futbol klubi to`p suradigan “Metallurg” markaziy stadioni ekanligi, ayni paytda ushbu maskanni mamlakat XXVII milliy chempionatiga tayyorlash borasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilayotganligi, O`zbekiston metallurgiya kombinati ishchilarining dam olish kuni stadionga kelib, ko`ngilli hordiq chiqarishlari, oilaviy dam olishlarini ta`minlash maqsadida “Metallurg” – “Navbahor” jamoalari uchrashuvini yakshanba kuniga, 2018 yil 2 mart sanasidan 4 mart sanasiga ko`chirish, o`z navbatida mazkur uchrashuvning boshlanish vaqtini dam oluvchilar uchun qulay bo`lgan – 15:30 da boshlanishiga ruxsat berilishligi inobatga olingan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb