Normativlarni topshirolmagan 16 nafar futbolchi vaqtinchalik Superliga bahslaridan chetlatildi

Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o`tgandik. 

Shuni ham alohida ta`kidlash kerakki, bu kabi test-sinovlari o`zbek futbolida ilk marta amalga oshirilayotgan bo`lib, futbolchilarning jismoniy holati O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan shaxsan nazorat qilib borilmoqda. 

Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilari ikkinchi marta normativlarni topshirishdi. Ta`kidlash joizki, 292 futbolchidan 16 nafari testlardan o`ta olmadi.

Klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilarga qaytadan  test-sinovlari topshirmagunlaricha litsenziyalar berilmaydi va ular vaqtinchalik Superliga bahslarida ishtirok eta olishmaydi.

 

Qaytadan o`tkaziladigan test-sinovlari sanasi PFL tomonidan alohida e`lon qilinadi.      

mib
uzcard
cola
apex
bmb