Bugun Toshkentdagi O`zbekiston mehmonxonasida “Qo`qon-1912” jamoasining yangi mavsum oldidan o`z safiga qo`shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish marosimi o`tkazildi.
Ushbu tadbirda murabbiylar shtabi, futbolchilar va ko`plab muxlislar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Klub rasmiy sayti ma`lumotga ko`ra, klub safiga yangi kelib qo`shilgan O`tkir Yusupov, Muzaffar Abdullaev, Bahodir Pardaev, G`iyos Komilov, Igor Taran, serbiyalik legionerlar Milan Spremo va Marko Milich keng ommaga rasman tanishtirildi hamda ularga tantanali tarzda ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi.