
Yangi mavsum O`zbekiston Kubogi bahslariga 28 fevral kuni qur`a tashlanadi.
Ushbu marosim O`zbekiston Olimpiya Qo`mitasi anjumanlar zalida soat 11:00da boshlanadi. Avvalroq xabar berilganidek, xuddi shu marosim davomida, shuningdek, Pro-Liga, futzal va ayollar klublari o`rtasida O`zbekiston chempionati bahslariga ham qur`a tashlanadi.
Qur`a tashlash marosimiga barcha turdagi OAV vakillari taklif etiladi.