«Navbahor» yangi futbolchilarini tanishtirdi

 

 

Futbol bo`yicha 2018 yilgi O`zbekiston milliy chempionati Superligasi o`yinlari oldidan «Navbahor» klubining yangi logotipi va yangi futbolchilari taqdimot marosimi o`tkazildi.

 

Namangan shahridagi «Markaziy» o`yingohining bezatilgan foyesida bo`lib o`tgan tadbirda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Namangan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat futbol assotsiatsiyasi raisi o`rinbosari Olimjon Isaev, klub futbolchilari, klub muxlislaridan tashkil topgan fan-klub a`zolari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Stadionda muxlislar uchun «Nafis teks group» korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan klub futbolkalari, kepkasi, sport liboslarining sotuviga mo`ljallangan ko`chma shaxobcha tashkil etildi. Shaxobcha har galgi o`yin oldidan muxlislarga xizmat ko`rsatadi.

 

Marosimda qatnashgan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi raisi Xayrullo Bozorov  millionlar o`yini ixlosmandlarini yangi mavsum kirib kelishi bilan qizg`in tabriklagan. U mamlakat futbolida o`z o`rniga ega bo`lgan «Navbahor» yana chempionlik uchun kurash olib boradigan davri kelganini aytib o`tgan.

O`tgan mavsumda jamoa «kuchli beshlik»ka kirishiga katta hissa qo`shgan 13 nafar futbolchi bu yil ham jamoa sharafini himoya qiladi. Jamoaga ikki nafar xorijlik legioner va ichki chempionatda to`p surgan bir qator futbolchilar jalb etildi. Kuchli tarkibni shakllantirish maqsadida «Lochinlar» safiga Serbiyadan Tomislav Pajovich va Nedad Inyats, «Olmaliq»dan Akbar To`raev, «Paxtakor»dan Davron Hoshimov va Behruz Sadullaev, «Buxoro»dan Zohir Pirimov va Azamat Allaniyozov, «Metallurg»dan Abxon No``monov, «Dinamo»dan Sardor Sulaymonov taklif qilindi.

 

 

 

Taqdimotda jamoa sharafini himoya qiladigan, yuqorida nomlari tilgan olingan futbolchilarga yangi mavsumda to`p suradigan raqamlari yozilgan «Navbahor» liboslari tantanali tarzda topshirildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb