Mavsum boshlanishiga tobora kam vaqt qolyapti. Klublar iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib yig`inlarni turli davlatlarda, shaharlarda tashkil qilmoqda. Yig`inlar doirasida o`rtoqlik, aniqrog`i, nazorat uchrashuvlariga ham alohida e`tibor qaratilmoqda.
Ayni kunlarda Toshkent va Toshkent atrofidagi o`yingohlar ham klublarning mashg`ulotlari, nazorat uchrashuvlari bilan bandi. Yangi mavsumni intizorlik bilan kutayotgan muxlislar hatto o`rtoklik uchrashuvlarini ham kuzatishni kanda qilishmaydi. Faqat buning uchun o`yinlar sanasi, joyi va vaqti ma`lum bo`lsa bo`lgani...
23 fevralda bo`lib o`tadigan o`yinlar:
“Metallurg” – “Mash`al”
“Qibray” o`yingohi. Soat 14.00.
Hakamlar: A.Asimov, R.No``monov, R.Shoyaxmetov.
“Lokomotiv-BFK”-1 – “Surxon”
“Do`rmon” o`yingohi. Soat 16.00.
Hakamlar: D.Akmalov, B.Bahromov, S.Nazarov.
“Lokomotiv-BFK”-2 – “Paxtakor-2”
“Do`stlik” o`yingohi (sobiq “Politotdel”). Soat 14.00.
Hakamlar: J.Muxtorov, S.Ulfatov, B.Shavkatov.
Bundan tashqari, boshqa kunlarga ham o`yinlar belgilangan. Bular,
24 fevral: “Bunyodkor” mashg`ulotlar maydonida “Bunyodkor” – “Dinamo”, Olmaliq shahrida AGMK – “Maxtaaral” (Qozog`iston).
25 fevral: “Do`stlik” o`yingohida “Lokomotiv-BFK” – “Dinamo”.
26 fevral: “Surxon” – “Istiqlol” (joyi noma`lum).
28 fevral: “Do`rmon” o`yingohida “Dinamo” – “Surxon”.