Bugun yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rayotgan “So`g`diyona” jamoasi navbatdagi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi. Raqibi "Surxon" jamoasi bo`ldi.
Har ikkala bo`limda ham jizzaxliklarning ustunligi sezilib turdi. Garchi qator xavfli vazitlar sodir etsa-da, surxondaryolik raqiblari darvozasini ishg`ol etishning uddasidan chiqa olmadilar. Shu ko`yi birinchi bo`limda hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo`lim ham birichisidek o`tdi. Biroq hisob bo`limning so`nggi daqiqalaridagina ochildi. Jamoa himoyachisi Akmal Xolmurodov gol muallifi bo`ldi.
Mazkur uchrashuvda “So`g`diyona” jamoasi quyidagi tarkibda harakat qildi:
"So`g`diyona": Shirinboy Abdullaev, Akmal Xolmurodov, Ruslan Melziddinov, Doniyor Odilov, Elyor Orifov, Dilmurod Karimov, Iqbol Malikjonov, Tohir Shamshitdinov, Alisher Ziyovuddinov, Izzatilla Abdullaev, Shoxruz Norxonov.
Zahirada: Dilshod Hamroev, Jahongir Abdumo`minov, Sardor Azimov, Sardor Qulmatov, Shoxruh Xolmatov, Doniyor Hasanov, Farhod Miraxmatov, Azamat Isroilov.
"So`g`diyona" matbuot xizmati