Toshkentda o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazayotgan Jizzaxning “So`g`diyona” jamoasi yig`in doirasida bir qator o`rtoqlik uchrashuvlarini ham tashkillashtirmoqda. Shulardan biri bugun xalqaro o`rtoqlik uchrashuvi maqomida bo`lib o`tdi. Jamoa Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g`alaba qozondi.
Dastlabki bo`lim yuqori tepmda o`tdi. Jizzaxliklar qator havfli vaziyatlar yaratishdi. O`yinning 24-daqiqasida Sardor Azimovga nisbatan qo`pollik ishlatildi. Bosh hakam tomonidan penalti belgilandi. Undan Shoxruz Norxonov unumli foydalandi.
Ikkinchi bo`limda murabbiylar shtabi bir nechta o`zgarishlarni amalga oshirdi. Bo`lim yanada shiddatli o`tdi. Raqib futbolchilari ham “So`g`diyona” darvozasi yonida gol urish payida bo`lishdi. Biroq ulardan foydalanishda tojikistonliklarga biroz omad etishmadi. Ikkinchi bo`limning so`nggi 10 daqiqasini “So`g`diyona” yana faollikda o`tkazdi. Ikkinchi bo`limda zaxiradan o`yinga qo`shilgan Izzatilla Abdullaev qanotdan ajoyib yurishni amalga oshirib, Azamat Isroilov tomon to`pni ajoyib tarzda oshirib berdi. Qanot himoyachi esa vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni 2:0 ga etkazdi. Shu tariqa o`yin 2:0 hisobida Aleksandr Mochinov shogirdlarining g`alabasi bilan yakunlandi.
“So`g`diyona” - “Istiqlol” (Tojikiston) - 2:0
Gollar: Shoxruz Norxonov,Azamat Isroilov
«So`g`diyona»: Dilshod Hamroev, Sardor Qulmatov, Shoxruh Xolmatov, Tohir Shamshitdinov, Jahongir Abdumo`minov, Doniyor Hasanov, Alisher Ziyovuddinov, Sardor Azimov, Farhod Miraxmatov, Shoxruz Norxonov, Azamat Isroilov.
Zaxirada: Shirinboy Abdullaev, Ruslan Melziddinov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Izzatilla Abdullaev, Akmal Xolmurodov, Elyor Orifov, Umidjon Qodirov.
“So`g`diyona” matbuot xizmati