
Bugun, Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda Osiyo Chempionlar Ligasi 2-tur uchrashuvlari doirasida “Nasaf” BAAning “Al Vasl” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvni Avstraliyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
“Nasaf” (O`zbekiston) – “Al Vasl” (BAA)
OChL-2018. “S” guruhi, 2-tur.
20 fevral. Qarshi shahri, “Markaziy” stadion.
Hakamlar: Jillet Jared, Bichem Eshli, Rayan Gallaxer (barchasi Avstraliyadan).
Zaxira hakami - Sivakorn Pu-Don (Tailand).
Nazoratchi - Rustam Yusuf Mirzo (Saudiya Arabistoni).
Komissar - Erik Vu (Avstraliya).
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Guruhdagi ikkinchi o`yinda "Al Sadd" o`z maydonida "Persepolis"ni qabul qiladi. Mazkur o`yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30ga belgilangan.
Xabaringiz bor, birinchi turda "Nasaf" Eronda "Persepolis"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi, “Al Sadd” esa "Al Vasl"ni 2:1 hisobida mag`lub etgandi.