
“Lokomotiv” jamoasi safarda “Zob Ahan”ga qarshi to`p surib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Birinchi bo`limda “temiryo`lchilar” tashabbusni o`z qo`llariga olishgandi, ayniqsa bo`limning so`nggi daqiqalari ketma-ket mehmonlar hujumkorligida o`tdi, ikki-uch bora xavfli vaziyatlar ham yuzaga keldi, biroq ularni amalga oshirishda aniqlik etishmadi.
Ikkinchi bo`lim teng kurashlar ostida o`tdi. Marat Bikmaev, Islom To`xtaxo`jaev yaxshigina vaziyatlardan foydala olishmadi. Aksincha, mezbonlar foydalanishdi. Avvaliga jarimadan tepilgan to`pni Tabrizi boshi bilan urib, hisobni ochdi. O`yinga qo`shib berilgan daqiqalarda esa yaqindagina maydonga tushgan, “Lokomotiv”ning koreyalik legioneri Cho Suk Je burchakdan tepilgan to`pni to`xtataman deya, raqibiga imkoniyat yaratib berdi, Xusayni esa bunday “marhamatdan” unumli foydalana bildi.
"Zob Ahan" (Eron) – "Lokomotiv" (O`zbekiston) - 2:0.
Isfahon, Eron. "Fuladshahr" stadioni
Hakamlar: Fu Ming, Xuo Veiming, Vang Deksin (barchasi Xitoydan)
"Zob Ahan": Muhammad Rashid Mazaheri, Milad Faxriddini (Sattari, 73), Hamid Buhamdan, Xolid Shafei, Muhammad Nejadmahdi, Qosim Xadadifar (Mahdi Rajabzoda, 79), Gasem Gvelsesiani, Sayid Muhammad Rizo Husayni, Murtazo Tabrizi (Muhammadzoda, 90), Kiros, Baxtiyor Rahmoni.
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Bobur Yo`ldoshev, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullaev (Sanjar Shoahmedov, 76), Sherzod Karimov (Sardor Mirzaev, 67), Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Islom To`xtaxo`jaev, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev (Cho Suk Je, 87).
Gollar: M.Tabrizi (47), M.Rizo Husayni (90+2).
Ogohlantirishlar: I.Aliboev (37), O.Zoteev (64).
Nazoratchi - Kadhum Auda Lazim Al Saidi (Iroq)
Komissar - Anvarul Huq (Bangladesh)