"PAXTAKOR": BAAdagi yig`in doirasida ertaga navbatdagi o`yin

 

“Paxtakor” jamoasining ayni paytda BAAda o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazayotganidan xabaringiz bor. “Sherlar” Dubayda tashkillashtirilgan ikkinchi xorijiy yig`inida bir marotaba o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.

Raqib BAA yuqori ligasida ishtirok etuvchi "Al-Dafra" klubi bo`ldi. Yodingizda bo`lsa, ushbu jamoaga yanvar oyidan “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Igor Sergeev qo`shilgandi. Shota Arveladze dastlabki uchrashuvda 11 nafar futbolchini almashtirmasdan o`ynatishga qaror qildi. Natijada birinchi o`yinda “Paxtakor” 2:0 hisobida g`alaba qozondi.

Shota Arveladze shogirdlari kecha ikki guruhga bo`lingan holda mashg`ulotda ishtirok etishdi.

"Paxtakor"ning ikkinchi nazorat uchrashuvi ertaga, BAA birinchi ligasi ishtirokchisi "Al-Hamriya" jamoasiga qarshi o`tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Jamoa yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov BAA yig`ini va joriy mavsumda oldiga qo`ygan maqsadlari xususida gapirib o`tdi:

- Mavsumga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Oldimizga O`zbekiston chempionati chempionati va Kubogida zafar quchishni maqsad qilib qo`yganmiz. Barcha yigitlar qo`lidan kelguncha harakat qilmoqda, tayyorgarlik juda yaxshi boryapti.

 

Hozir mavsumga 70 foiz atrofida tayyormiz. Qolgan 30 foizi esa o`yinlar orqali amalga oshiriladi. Men 100 foiz kuchimni ishga solib, jamoa g`alabalariga hissa qo`shishga intilaman. Joriy mavsumda o`tgan yildagidan yaxshiroq natija ko`rsatishga urinaman. 15tacha gol urib, golli to`p oshirishlar borasida peshqadam bo`lishga harakat qilaman. Oldimga shunday maqsad qo`yganman, - deydi J.Masharipov klub matbuot xizmati xodimiga.

mib
uzcard
cola
apex
bmb