OChL: “Nasaf” xatolardan to`g`ri xulosa chiqardi

 

Ertaga, Qarshining “Markaziy” stadionida “Nasaf” OChL doirasida ikkinchi turda BAAning “Al Vasl” klubini qabul qiladi.

Qarshiliklar Osiyo Chempionlar ligasidagi to`rtinchi urinishda katta maqsadlarni ko`zlamoqda. Musobqaaning avvalgi mavsumlarida “Nasaf” BAA vakillari bilan uch bor to`qnash kelgan va “Al-Jazira”, “Al-Ahli” hamda “Al-Ayn” klublarga qarshi o`yinlarda hali g`alaba nashidasini surib ko`rmagan.   

Bir necha daqiqa oldin bo`lib o`tgan matbuot anjumanida har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirok etishdi.

Rodolfa Arrauabarrena, “Al-Vasl” bosh murabbiyi:

"Xabaringiz bor, ertaga maydonga tushadigan ikkala jamoa ham birinchi turda mag`lubiyatga uchrashgan, demak bu gal ikkala jamoa ham g`alaba uchun kurashishi aniq. Shundan kelib chiqib, bizni og`ir bahs kutib turganini tushunib turibmiz. Shunday bo`lsa ham ortga uch ochko bilan qaytishni maqsad qilganmiz. Raqiblarimizning o`tgan turdagi o`yinini kuzatdik va tahlil qildik. "Nasaf" “Persepolis”ga yirik hisobda mag`lubiyatga uchrashga loyiq emasdi, xatoliklarga yo`l qo`ygani uchun ham “Nasaf” engildi. Bundan biz ham xulosa chiqardik va ertaga mezbonlarni  o`sha xatolarini takrorlashiga va buning uchun ularni jazolashga harakat qilamiz. Bizning “Al-Sadd”ga qarshi mag`lubiyatimizga kelsak, o`yinni chiroyli boshlagandik, biroq

tashabbusni raqibga topshirib qo`ydik. Bunga birinchi galdagi sabab qilib,  biz "Al Sadd"ga qarshi o`yin oldidan derbida "Al Nasr"ga qarshi o`ynadik va ko`p kch sarfladik. O`yindan keyin esa futbolchilar tiklanishga ulgurmadi. Yashirmayman, Qarshiga to`liq tarkibda kelolmadik. Tarkib borasida o`yindan oldin gapirishni yoqtirmayman, barchasiga ertaga o`zingiz guvoh bo`lasiz. Maqsadga kelsak, oldindan biror narsa deyish qiyin. Jamoamiz uzoq yillik tanaffusdan keyin OChLga qaytdi. Futbolchilarimiz OChLda o`ynash borasida katta tajribaga ega emas, ko`pchilik uchun joriy mavsum debyut sanaladi. Shunga qaramay yuqori maqsadni ko`zlagan holda o`ynaymiz.

 

Ro`ziqul Berdiev, “Nasaf” bosh murabbiyi

 

"Maqsadimiz aniq – faqat g`alaba qozonish, sababi o`yin biz uchun juda muhim. Birinchi turda, Tehrondagi o`yinda hayajon evaziga shogirdlarim o`z o`yinini to`liq ko`rsata olishmadi, xalqaro tajriba etishmadi, jamoani boshqaradigan etakchi topilmadi. Uchrashuvdan keyin futbolchilar bilan gaplashib oldik, o`yinni chuqur tahlil qildik. Xatolardan tegishli xulosalarni chiqardik. Ertangi uchrashuvda muxlislarimiz qo`llab-quvvatlashi ostida faqat g`alaba uchun kurashamiz. Umid qilamanki, "Al Vasl"ga qarshi o`yinda muxlislarimizga chiroyli g`alabani taqdim etamiz. Buning uchun jamoani ruhan tayyorlayapmiz”. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb